08:30/15.06.2022 43

“O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasida Mass-spektrometr uskunasining montaj-sozlash ishlari olib borilmoqda”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.11.2017 yildagi PQ-3365-sonli Qarori asosida Seysmologiya institutiga Buyuk Britaniyadan 435 000 USD qiymatga ega “Mass-spektrometr” uskunasi xarid qilindi.


aholiga eslatma image 1
aholiga eslatma image 1
aholiga eslatma image 1

Joriy yilning 7-iyun' kuni kelishuvga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi poytaxtidan OOO «MIT» korxonasi shu uskuna muhandis sozlovchilari (servis-muhandislar - S.V.Ovchinnikov va D.A.Grishin) institutga tashrif buyurishib, Mass-spektrometr uskunasini montaj va sozlash ishlarini boshlab yuborishdi. Mazkur uskuna o‘ta murakkab qismlardan iborat bo‘lib, uni montaj va sozlash ishlari katta mahorat va malaka talab etishi ayon bo‘lmoqda. Ushbu uskuna ishga tushirganidan so‘ng, respublikamizdagi mavjud quduqlarning yerosti suvlaridan olingan namunalar asosida zilzila darakchilarini izlash imkonini beradi, ya'ni yerosti suvlaridagi uglerod, kislorod, vodorod, oltingururt, azot izotoplari nisbatlarini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lib, elementlarning genetik bog‘lanishlari haqida axborot olish hamda izchil tahlillar asosida zilzila sodir bo‘lishi anomaliyalarining mexanizmini tadqiq qilish imkoniga erishiladi.

aholiga eslatma image 1

©2018-2020 Barcha huquqlar himoyalangan.