Elon rasmi

2023 yil 9 fevralda Rossiyaning «Kataklizmi .. po zemnomu sharu” ko‘rsatuvida bir shaxs tomonidan “ 2023 yil 6 fevraldaTurkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan biroz avval yorug‘lik shu’lasi, portlash va so‘ng zilzila sodir bo‘lgani haqida yozib, zilzila sun’iy tashkil etilganligi haqida fikr bildirgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi G‘ani Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti olimlari bu fikr butunlay noto‘g‘ri ekanligini bildirishadi. Turkiya davlati Yer sharining O‘rta yer dengizi- Osiyo seysmik kamarida joylashgan bo‘lib, u yerda qadim davrlardan beri Rixter shkalasi bo‘yicha magnitudasi 7-8 , Xalqaro 12-ballik shkala bo‘yicha 9-11 ballga teng bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lib turadi. Kuchli zilziladan oldin yorug‘lik sho‘lasi va kuchli ovoz paydo bo‘lishi fanda ilgaridan ma’lum. Yer shari bo‘yicha bo‘nday hodisalar ko‘p marta kuzatilgan.Bu narsa O‘zbekistonda ham 1926 yildagi Jalolobod, 1966 yil 26 apreldagi Toshkent va boshqa zilzilalar vaqtida ham kuzatilgan. Bunday hodisalarning sababi, bizning fikrimizcha, zilziladan avval uning o‘chog‘ida o‘ta kuchli elektromagnit maydonlarning hosil bo‘lishidir. Bu narsa 1974 yildan beri Institutda olib borilayotgan Impuls elektromagnit kuzatuvlari natijalari bilan isbotlanadi. Fizikadan ma’lumki, yorug‘lik ham o‘ta yuqori chastotaga ega bo‘lgan elektromagnit to‘lqindir. Yuqoridagilarga asosan, Turkiya zilzilasi sun’iy emas,tabiiy harakterga ega deb hisoblaymiz

⬅️ Orqaga