11:21/30.07.2020 25

EKSPERIMENTAL SEYSMOLOGIYA LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari nomzodi

Alisher Haydarovich Ibragimov

Laboratoriya tashkil etilgan yili. Laboratoriya 2016-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 191-son qarori asosida tashkil etilgan.

Laboratoriya xodimlari. Ikki nafar fiz.-mat. fanlari nomzodi, bitta kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi-stajyor, 5 nafar muhandis.

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishi. Instrumental seysmologiya sohasidagi tadqiqotlar, qurilish maydonlarini seysmik mikrorayonlashtirish bo'yicha ishlar, kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish texnologiyasini ishlab chiqish, yerosti boyliklaridan foydalanish ob'yektlarini seysmik monitoring qilish hisoblanadi. O'ta muhim ob'yektlar uchun seysmik bardoshliligini hisoblash bo'yicha sintetik akslerogrammalarni yaratish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Ilmiy yutuqlari. Laboratoriya Fan va texnologiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi FA Fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining davlat grantlarini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

O'tgan davr mobaynida 3ta ilmiy hisobot tayyorlandi. Dastur to'plamlari uchun 2ta patent olindi. Laboratoriya mutaxassislari "Seysmologiya va seysmometriya" mutaxassisligi bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.Laboratoriya xodimlari tomonidan Qalmoqqir karyeri devorlarining seysmik bardoshliligini monitoring qilish bo'yicha ishlar amalga oshirildilar. Muruntov karyeri devorlarini seysmik mikrorayonlashtirish ishlari bajarildi. Sanoat portlashlarining karyerning infratuzilma ob'yektlariga ta'siri o'rganildi. Hozirgi kunda "O'zbekiston Respublikasi hududida kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish va ro'y bergan zilzilalar haqida favqulodda ma'lum qilish usullarini ishlab chiqish" (shartnoma raqami: PZ-20170921217) amaliy-ilmiy mavzusi doirasida tcp/ip protokoli orqali ma'lumotlarni serverga uzatish funksiyasiga ega raqamli akselerometrlar ishlab chiqilib, tayyorlandi. Toshkent shahri hududida kutilayotgan silkinish darajasi va uning kelish vaqti to'g'risida zudlik bilan xabardor qilish uchun telegram-bot ishlab chiqildi.

Laboratoriya xodimlari respublika hududida ro'y bergan kuchli zilzilalar oqibatlarini makroseysmik tekshirishda ishtirok etadilar. EMS-98 shkalasi bo'yicha ballarda seysmik ta'sirlarning intensivligini ko'rsatadigan qurilma ishlab chiqildi.

E'lon qilingan ilmiy ishlari:

1. Ибрагимов А.Х., Хамидов Х.Л. Оценка колебания плотин Гиссаракского и Тупалангского водохранилищ Южного Узбекистана.// Анализ, прогноз и управление природными рисками с учетом глобального изменения климата. - Десятая международная научно-практическая конференция по проблемам снижения природных опасностей и рисков «ГЕОРИСК – 2018»,- 3-24 октября 2018 года, г. Москва.

2. Ибрагимов А.Х., Хамидов Л.Х. Частота собственных колебаний Резаксайского и Каркидонского водохранилищ Ферганской долины. –Геофизические методы решения актуальных проблем современной сейсмологии. Ташкент, 2018. с.460-463.

3. Ибрагимов А.Х. О применимости системы раннего оповещения о сильных землетрясениях в Узбекистане. –Геофизические методы решения актуальных проблем современной сейсмологии. Ташкент, 2018. с.36-38.

4. Хакимов Ш.А., Исмаилов В.А, Ибрагимов А.Х. Сучаснi еучнологii домобудуваия та проблеми сейсмичноi безпеки забудови мiст в Центрально Азиатскому регiонi. Наука та будiвництво. 2019, №3(19). С.48-51.

5. Rustam Niyazov, Bakhtiyar Nurtaev, Shavkat Abdullaev, Alisher Ibragimov. Some features of self-exited landslides during Hindu Kush earthquakes. -17-th International Symposium on Geo-disaster Reduction. 2019, 19-23 august, Issik Kul, KR. p.20.

6. Ибрагимов А.Х., Хамидов Х.Л., Юлдашев Э.Ш., Мажидов Ж.Р. Оценка кинематических элементов сейсмических волн при динамических воздействиях промышленными взрывами. Проблемы сейсмологии, Ташкент, 2019, №2, с.с.64-75.

7. Хамидов Л.А., Ибрагимов А.Х., Хамидов Х.Л., Артиков Ф.Р., Ганиева Б.Р., Анварова С.Г. Результаты обработки данных за текущий период по записям землетрясений на плотине и береговых склонах Чарвакского водохранилища. Seysmologiya muammolari * Проблемы сейсмологии * Seismology problems * №1, т.2, 2020. с.с.52-64.

Патенты:

1. Ибрагимов А.Х., Ли А.В. IntensityMap компьютер дастури. Свидетельство DGU-05860 05.12.2018 г.

2. Ибрагимов Р.С., Ибрагимов А.Х., Ли А.В. IntensityMap V3.0 компьютер дастури. Свидетельство DGU-07095. 12.09.2019 г.

©2018-2020 Barcha huquqlar himoyalangan.