LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI:
Kuchli zilzilalarning aftershok jarayonlarini o‘rganish;
Seysmik to‘lqinlarning xususiyatlarini tahlil qilish;
Erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish;
Bino-inshootlarning seysmik zaifligini baholash;
Suv omborlarining to‘g‘onlarini monitoring qilish.
LABORATORIYANING VAZIFALARI:
Lokal seysmik monitoring tizimini yaratishga oid qo‘llanma va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Yer qobig‘ida seysmik to‘lqinlarning tarqalish xususiyatlarini tadqiq etish;
Mahalliy seysmologik godograflarni yaratish;
Kuchli zilzilalardan erta ogohlantirish texnologiyasini yaratish va amaliyotga joriy qilish;
Xalqaro standartlarga mos yangi avlod seysmometrik uskunalarini yaratish;
Instrumental-seysmometrik usullar asosida ma’sulyati yuqori bo‘lgan obyektlar hamda bino-inshootlarning holatini kuzatish uchun uzluksiz monitoring tizim metodologiyasini ishlab chiqish;
Seysmik mikrohududlashtirish tadqiqotlarini olib borish.
SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR:
- O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda joylashgan seysmogen zonalar uchun akselerogrammalarning hududiy bankini yaratish maqsadida 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun sintetik akselerogrammalar bazasi yaratildi. Loyihalash tashkilotlari tomonidan foydalanish uchun mo‘jallangan turli xil grunt sharoitlari uchun 90%, 95%, 98% va 99% dan ko‘p bolmagan ehtimolliklar hisoblanadi.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish va zilzilalar to‘g‘risida favqulodda ma’lumot berish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Tarmoq orqali P-to‘lqinlarining maksimal tezlanish qiymatlarini uzatish uchun akselerometr ishlab chiqildi. “Seysmik ta’sir intensivligi ko‘rsatkichi” qurilmasi Arduino Uno mikrokontrolleri asosida ishlab chiqarildi.
- Respublikaning seysmik faol hududida joylashgan suv omborlarida uzluksiz instrumental seysmologik kuzatishlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha To‘polang, Hisorak, Pachkamar, Rezaksoy, Karkidon, Andijon va Chorvoq suv omborlarida mahalliy muhandis-geologik, geomorfologik malumotlari asosida o‘tkazilgan texnogen va mikroseysmik o‘lchovlar va boshqa sharoitlar ta’siridan kelib chiqqan tebranish amplitudalari, yuqori (rezonans) davrlari va o‘sish koeffitsientlari aniqlangan.
Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 90-317-03-36
+998 99-899-31-13
E-mail: timur.mamarozikov@yandex.ru
nozim.o.k92@gmail.com