📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

SEYMIK XAVF VA HUDUDLASHTIRISH LABORATORIYASI

Mudir rasmi
Mirzaev Murodjon Abduraximdjanovich

Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI
Zilzila o‘choqlarining mexanizmi va ularning makon va zamonda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlash; Hududlarning seysmotektonik va injener-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda seysmik xavfni baholash; Turli masshtabdagi seysmik hududlashtirish xaritalarini yaratish; O‘ta muhim ob’ektlarni loyihalashtirishda seysmik xavfini baholash.
LABORATORIYANING VAZIFALARI
Xududlar seysmik xavfini baxolash va seysmik rayonlashtirish zamonaviy usullarini takomillashtirish; Ishlab chiqarish va axoli qurilish ob’ektlari xamda o‘ta muxim ob’ektlarning qurilish maydonlarining dastlabki seysmikligini va seysmik xavfini baxolash usullarini takomillashtirish; Seysmik rejimning prognostik parametrlari asosida yaqin yillarda seysmik faol hududlarni aniqlash;
SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR
Seysmik jarayon va seysmik ta’sirlarning aniqlangan regional qonuniyatlari asosida seysmik xavfni baholash baholandi va O‘zbekiston hududining yangi seysmik rayonlashtirish xaritalari to‘plami tuzildi.
Seysmik rejimning prognostik parametrlari majmuasi bo‘yicha yaqin yillarda seysmik faol bo‘ladigan hududlarni aniqlash metodologiyasi yaratildi. Seymafaol bo‘ladigan hududlardagi joylashgan kuchli zilzilalarning guruxlanishi asosida aniqlangan yaqin yillarda seysmik faol bo‘ladigan hududlardir.
Turli geodinamik tipdagi yer qobig‘ining kuchlanish xolati bo‘yicha O‘zbekiston xududida seysmik jarayonning kechishini o‘ziga xos xususiyatlarini taxlil qilindi. O‘zbekiston xududida bo‘lib o‘tgan kuchli (magnitudasi 5 va undan yuqori) bo‘shliq siljishlarining kataklastik taxlil usulida fokal zilzila o‘chog‘i mexanizmi bo‘yicha yer qobig‘ining kuchlanish xolatini turli geodinamik tiplarga ajratish orqali uchta guruxga ajratildi: gorizontal siqilish, gorizontal cho‘zilish, gorizontal siljish. Faol yer yoriqlari xaritasiga asosan, chuqur yoriqlarini xisobga olgan xolda bu hududning yer qobig‘ining kuchlangan xolatining matematik modeli tuzildi. Modelninng sonli natijasi asosida tezlikning maydon bo‘yicha ko‘chishi tasdiqlandi.
Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 71 241 49 64
+998 97 770 03 54
E-mail: mumirzaev@gmail.com
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Mirzaev Murodjon Abduraximdjanovich Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
2 Ibragimov Roman Solomonovich Fizika-matematika fanlari doktori, bosh ilmiy xodim
3 Ibragimova Tatyana Lyudvigovna Fizika-matematika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim
4 Atabekov Ikrom Urmanovich Fizika-matematika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim
5 Ashurov Sarvar Kichik ilmiy xodim
6 Axmadxo‘jaeva Shaxzodaxon Yetakchi muhandis
7 Yakubov Ahmad Yetakchi muhandis
8 Karamatova Dilnoza Yetakchi muhandis
9 Bobonazarov Diyorbek Yetakchi muhandis
10 Zoirova Roziya Laborant
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi