Seysmik xavfli zonalar kadastri xizmati Vazirlar Mahkamasining 2005-yilning 30-iyundagi 152-son qarori asosida tashkil etilgan. Seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar kadastri “Tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar" Davlat kadastrining bir qismidir.
KADASTR XIZMATINING ASOSIY MAQSADI:>
Seysmik xavfli zonalar kadastri – bu yerlarning seysmik faolligi darajasini aniqlash, baholash va hujjatlashtirishga qaratilgan texnikaviy tizimdir. Ushbu kadastr tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, urbanizatsiya jarayonlarini rejalashtirish va xavfsiz qurilish ishlarini olib borish uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni to’plash va tizimlashtirish. Respublikada o‘tkazilgan seysmik monitoring natijalari bo‘yicha tizimli ravishda ma’lumotlarni MGAT kadastriga kiritish uchun bosh tashkilotga topshirishdan iborat.
Kadastr agentligi va seysmologiya instituti tomonidan beriladigan ma’lumotlar. SEYSMIK XAVFLI ZONALAR KADASTRI XIZMATINING FUNKSIONAL VAZIFALARI:
Tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri MGATning tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, tadqiqotlar hamda axborotlar to‘plash natijalari bo‘yicha tayyorlanadigan, doimo yangilab boriladigan va zarurat bo‘lganda aniqlashtiriladigan tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning unifikatsiya qilingan tavsiflari va tasvirlari, har yili ro‘y bergan xavfli tabiiy hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Tabiiy xavfi yuqori zonalar davlat kadastri kadastr obyektlarini hisobga olishni, ularning holatini va ro‘y bergan xavfli tabiiy (geologik, gidrometerologik) jarayonlar (hodisalar) oqibatlarini baholashni ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Quyidagilar Tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadasrining asosiy tamoyillari hisoblanadi:
• O’zbekiston Respublikasi butun hududini qamrab olish;
• Tizim va topografiya asoslarini qo’llash;
• Kadastr axborotlarini ishlash va taqdim etish metodikasini qo‘llash;
• Ma’lumotlarning ishonchliligi va ko‘rgazmaliligi;
• Kadastr axborotlarining ochiqligi.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geoaxborot tizimi va Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining geoaxborot tizimi o‘rtasida “Seysmik xatarni baholoshda zarur kadastr ma’lumotlarini” hamda “Seysmik xavfili zonalar”ga tegishli geoaxborot ma’lumotlarini geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish yuzasidan Kelishuv hamda tegishli geoaxborot ma’lumotlarini himoyalangan aloqa tarmog‘i orqali o‘zaro almashish bo‘yicha Texnik yo‘riqnoma imzolangan.
Seysmik xavfli zonalar kadastri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fazoviy ma’lumotlar sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 620-sonli qarorida tasdiqlangan funksional majburiyatlardan kelib chiqib, bo‘limning faoliyati ArcGIS dasturida yaratilgan bazasining tematik qatlamlarini aniqlashtirish yoki to‘ldirish uchun qo‘shimcha ma’lumot to‘plashga qaratilgan.
Tematik qatlamlarga quyidagilar kiradi:
1. Seysmogen zonalar, 2. Seysmik stantsiyalar,
3. Tebranish zonalari, 4. Yer qobig‘ining faol yer yoriqlari,
5. Zilzila epitsentrlari, 6. Kuchli zilzilalarning izoseystlari (M> 5),
7. Seysmik mikrorayonlashtirish ishlari bajariladigan shaharlar va aholi punktlari
KADASTR XIZMATI JAMOASI
1. Normo‘minov Mirjahon Sherali o‘g‘li – xizmat rahbari;
2. Ahmatullayeva Nargiza Shuxrat qizi – yetakchi muhandis;
3. Nugmanova Aropat Abduraxmitovna – yetakchi muhandis;
Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 90 131 33 31
E-mail: mirjahon.nmir@gmail.com
Laboratoriya tarkibi
#
F.I.SH
Lavozimi
Ish faoliyatidan lavhalar
Kadastr agentligi va seysmologiya instituti tomonidan beriladigan ma’lumotlar.