11:21/30.07.2020 25

REGIONAL SEYSMIKLIK VA SEYSMIK RAYONLASHTIRISH LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri — fizika-matematika fanlari doktori, professor Ortiqov Turdali Usmonaliyevich

Laboratoriya tashkil etilgan yili. “Regional seysmiklik va seysmik rayonlashtirish” laboratoriyasi 1986-yilda “Toshkent seysmologiya rasadxonasi” va O'zbekiston Respublikasi FA Seysmologiya instituti bilan bir vaqtda 1966-yilda tashkil etilgan “Regional seysmiklik” laboratoriyasi negizida tashkil etilgan.

Xodimlar tarkibi. Xozirgi kunda laboratoriyada 8 kishi ishlaydi, shulardan 4 nafari fizika-matematika fanlari doktori, 1 nafari fan nomzodi, 2 nafari muhandis, 1 nafari esa laborantdir.

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo'nalishi seysmiklikni o'rganish usullarini takomillashtirish, seysmik jarayonning namoyon bo'lishidagi qonuniyatlarni aniqlash, seysmik xavfni baholash (seysmik rayonlashtirish)ning nazariy asoslarini ishlab chiqish va kelgusi yillarda kutilayotgan seysmik faollashuv zonalarini aniqlashdan iboratdir.

Hozirgi kunda laboratoriyada zilzila o'choqlarining fokal mexanizmlarini o'rganish negizida va tektonik jarayonlarni matematik modellashtirish usullari orqali O'zbekiston va Markaziy Osiyo hududidagi tog' jinslari massivlarining kuchlanganlik-deformatsiyalangan holati miqdoriy modellari ishlab chiqilmoqda.

Tarix – ilmiy yutuqlar “Regional seysmiklik va seysmik rayonlashtirish” laboratoriyasida uning tashkil etilganidan boshlab to 1991-yilgacha O'zbekiston va Rossiya Federatsiyasining ilmiy sohadagi davlat mukofotiga sazovor bo'lgan O'zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor V.I.Ulomov ishlagan. Laboratoriyada turli vaqtlarda taniqli olimlar, shu jumladan beshta fan doktori va qirqdan ziyod fan nomzodlari faoliyat ko'rsatgan.

"Regional seysmiklik va seysmik rayonlashtirish" laboratoriyasining 1991-yilgacha erishgan asosiy ilmiy yutuqlari:

-̶ yer qobig'ining dinamikasini pasaytirish usuli ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosida Markaziy Osiyoning yer qobig'ini va butun litosferasining so'nggi gorizontal va aylanma harakatlarining vektorli va skalyar maydonlari xaritalari tuzildi;

- Toshkent zilzilasini O'zbekiston poytaxti markazida joylashgan o'choq bilan birga xususiyatlarini har tomonlama o'rganish natijalari (1966-y., M=5.3) zilzilalarni prognoz qilish bo'yicha tadqiqotlarga katta hissa qo'shdi. Xususan, Institutning boshqa bo'limlari bilan birgalikda zilzilalardan oldin yerosti suvlarining gaz va kimyoviy tarkibidagi o'zgarishlar hodisasi aniqlandi (129-son ixtiro, 1973);

- har bir alohida zilzila aftershoklari bilan birga katta tektonik zonaning rivojlanish manzarasini berishi, uning vaqt ichida o'zini tutish modeli ekanligi ko'rsatib berildi. Turon platformasi (G'arbiy O'zbekiston) hududidagi uchta noyob Gazli zilzilasi (1976, M=7.0 va M=7.3; 1984, M=7.2)ning seysmologik izlanishlari natijasida seysmik o'choqlar fizikasi va zilzilalarni uzoq muddatli prognoz qilish bo'yicha yangi ma'lumotlar olindi. Jahon seysmologiyasi amaliyotida birinchi marta M=7,3ga ega zilzila epitsentrida g og'irlik kuchi tezligidan 1,36 barobar oshib ketgan tezlashuvning instrumental yozuvlari olindi;

- Turon platformasi hududidagi seysmogeodinamik tadqiqotlar natijasida birinchi marta Gazli zilzilalaridan ancha oldin gorizontal cho'zilgan deformatsiyalar paydo bo'lganligi, bu haqida ushbu yirik seysmik hodisalar ro'y bergunga qadar ilmiy nashrlarda xabar berilgani ko'rsatib berildi;

- Toshkent seysmik o'chog'ida burg'ilangan chuqur quduqda olib borilgan kuzatuvlar asosida birinchi marta seysmik manbadan noyob jins namunalari va boshqa muhim ilmiy natijalar olindi. Xususan, chuqurlikda hosil bo'lgan termal suvning harorati pasayishi (kutilganidek, ko'tarilishi emas) aniqlanib, bu holat tektonik yorilish vaqtida tog' jinslarining tez adiabatik kengayishini ko'rsatdi;

- Pomir-Tyan-Shan va Turon platformasi litosferasining dinamik modeli qurilib, uning asosida ilgari zaif seysmik deb hisoblangan G'arbiy O'zbekiston hududining yuqori seysmik xavfi ko'rsatib berildi. Tektonik zilzila o'chog'ining to'rt bosqichli empirik modeli ishlab chiqildi;

- 1978-yilda seysmologik tadqiqotlarning kompleks dasturi doirasida O'zbekiston hududini umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqildi. O'zbekiston hududidagi 28 shahar va posyolkalarni seysmik mikrorayonlashtirish amalga oshirildi. 1981-yilda umumiy seysmik rayonlashtirish hamda shaharlar va aholi punktlarini seysmik mikrorayonlashtirish bo'yicha olib borilgan ishlar turkumi uchun laboratoriya rahbari O'zbekiston Respublikasi FA Institutining boshqa olimlari bilan birgalikda Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.

Tadqiqotning hozirgi bosqichida (1991-yildan boshlab) har xil seysmotektonik va geodinamik sharoitlarda ro'y bergan kuchli zilzilalarning o'choq zonalarida seysmik jarayonning rivojlanish xususiyatlari o'rganildi va quyidagilar aniqlandi:

- kuchli zilzilalarni tayyorlash davrida o'choq sohasida sodir bo'ladigan seysmik hodisalar orasidagi makon-vaqt va energiya aloqalari tarkibi o'zgaradi. Tayyorgarlik sohasidagi o'choq rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kuchsiz zilzilalarning vaqtda, ancha keyingi bosqichlarda esa makonda guruhlanishi ortib boradi;

- uzoq muddatli seysmik faollik seysmik potensial, fonli seysmiklik parametrlari, aftershok jarayonining intensivligi, o'choqning shakllanishidagi geodinamik sharoitlarning funksiyasi bo'lib, to'liq seysmik sikl davomidagi seysmiklikni ifodalaydi;

- seysmik intensivlikning pasayishining (ballda, tezlashishda, spektral zichliklarda) har xil magnitudadagi zilzilalar masofasi, o'choqning chuqurligi, turli geodinamik sharoitda sodir bo'lgan harakatlarning turiga funksional bog'liqligi aniqlandi;

- lokal deformatsiyalar va induksiyalangan massani hisobga oladigan geofizik muhitning yangi matematik modeli yaratildi, seysmik to'lqinlarning yangi — uchta bo'ylama va bitta ko'ndalang turlari mavjudligi aniqlandi;

- turli seysmik faol zonalarda Markaziy Osiyo mintaqasida kuchli zilzila yuz bergan taqdirda O'zbekiston hududidagi seysmik faol zonalarning qaysi birida seysmik faollik kutilayotganini taxmin qilish imkonini beradigan seysmik faollashuv davrlari o'rtasida aloqa aniqlandi;

- O'zbekiston hududidagi zilzila o'choqlari mexanizmlarini tahlil qilish natijasida tabiiy kuchlanish maydonini tiklash ishlari amalga oshirildi va bir qator seysmik faol hududlar uchun kuchlanganlik holati (asosiy kuchlanishlar o'qlarining kunduzgi sirti proyeksiyalari, Lode-Nadai koeffitsienti, geodinamik rejim turi va boshqalar)ning parametrlari bo'yicha qatlamlarga bo'lingan rasmi olindi.

Aniqlangan fundamental qonuniyatlar asosida, dunyo seysmologiya fani va axborot texnologiyalarining so'nggi yutuqlariga tayanib, seysmik xavfni prognoz qilish uchun o'zaro bog'liq miqdoriy ikkita model — zilzila ro'y berish zonalari modeli (seysmik manbalar modeli) va alohida zilzila va o'choq zonalar majmuasi tomonidan yaratiladigan seysmik effekt modeli qabul qilindi. Qurilgan seysmik jarayonlar va seysmik ta'sirlarning miqdoriy geofizik modellari seysmik xavfni baholash va kelgusi yillar uchun seysmik faollik davrlarini aniqlash uchun yangi texnologiyaning asosini tashkil etdi.

Amaliy tarafdan quyidagilar ishlab chiqildi:

- seysmik xavfli hududlarda qurilish ishlari uchun O'zbekiston Respublikasi KMK-96 (qurilish me'yorlari va qoidalari)ni yaratishda ilova sifatida seysmik xavfni baholashning yangi texnologiyasi;

- O'zbekiston Respublikasi uchun ehtimoliy asosda makroseysmik shkala ballarida, gruntning maksimal tezlanishi o'lchamlarida va seysmik tebranishlarning spektral xususiyatlarida seysmik xavflarni aks ettiruvchi yangi tipdagi seysmik rayonlashtirish xaritalari kompleksi;

- O'zbekiston Respublikasi hududini umumiy seysmik rayonlashtirish USR-2017 xaritasi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori doirasida Qurilish vazirligi tomonidan 2019-yil 20-martdagi 152-son buyruq bilan joriy etilgan);

- seysmologik parametrlar kompleksi va uning asosida qurilgan uzoq muddatli prognoz xaritasi bo'yicha kelgusi yillarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan seysmik faollik zonalarini aniqlashning yangi uslubiyati (O'zbekiston Respublikasi FVVning 2018-yil 26-sentyabrdagi joriy etish to'g'risidagi dalolatnomasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori doirasida).

Ishlab chiqilgan uslubiyat O'zbekistonning bir qator shaharlari va aholi punktlari hamda respublikaning mustaqillik davrida barpo etilgan barcha muhim (128 dan ortiq, shu jumladan, AES, Toshkent-Siti va b.) iqtisodiy ob'yektlarni seysmik mikrorayonlashtirishda qo'llanildi.

Seysmik ta'sirlarning intensivligi pasayishining turli energetik darajadagi zilzilalar uchun o'rnatilgan masofali qonuniyatlari O'zbekiston Respublikasi FVVda joriy etildi (O'zbekiston Respublikasi FVVning 2020-yil 28-iyuldagi joriy etish to'g'risidagi dalolatnomasi).

Laboratoriya xodimlari bakalavr va magistrlarga faol dars berib, ma'ruzalar o'qiydi. So'nggi uch yil ichida laboratoriya xodimlarining rahbarligi ostida oltita magistrlik, bitta nomzodlik va bitta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Laboratoriya xodimlari dunyodagi nufuzli (shuningdek, Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalariga kiritilgan) jurnallar tahririyatlarining yetakchi mutaxassislari va a'zolari hisoblanadi:

1. Geodesy and geodynamics.

2. Geodinamika va tektonofizika (Geodinamika i tektonofizika).

3. Muhandislik seysmologiyasi masalalari (Voprosы injenernoy seysmologii).

Laboratoriya xodimlari RFA Yer fizikasi instituti (Rossiya), GFZ (Germaniya), Milliy fanlar akademiyasining Geofizika monitoringi markazi (Belarus) va Markaziy Osiyoning seysmologiya muassasalari olimlari bilan ilmiy aloqalarga ega bo'lib, bir necha bor xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan.

Laboratoriya xodimlari tomonidan so'nggi yillar (2018 – 2020)da 32 ta ilmiy ish nashr qilindi, shulardan 18 tasi jurnal maqolalaridir (7 tasi xorijiy jurnallarda bosildi). Bitta patent olindi.

2018-2020- yillarda e'lon qilingan maqolalar

1. Artikov T.U., Ibragimov R.S., Ibragimova T.L., Mirzaev M.A. Identification of expected seismic activity areas by forecasting complex seismic-mode parameters in Uzbekistan// Geodesy and Geodynamics Volume 9, Issue 2, 2018 y., pp 121-130. https://doi.org/10.1016/j.geog.2017.11.005

2. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Кучкаров К.И., Мирзаев М.А. Количественные характеристики сейсмической опасности территории Узбекистана в максимальных значениях скоростей колебаний грунта и в их спектральных амплитудах// Геодинамика и тектонофизика. 2018. Т. 9. № 4. С. 1173–1188. https://doi.org/10.5800/GT-2018-9-4-0389

3. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Методология построения нового комплекса карт общего сейсмического районирования территории Узбекистана ОСР-2017// Москва, Геориск №2, 2018, с. 6-24.

4. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Кучкаров К.И., Мирзаев М.А. Сейсмическая опасность территории Восточного Узбекистана в спектральных характеристиках скоростей колебаний грунта // Геология и минеральные ресурсы, 2018. №2, с. 47-55.

5. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Кучкаров К.И., Мирзаев М.А. Региональные закономерности изменения спектрального состава скоростей колебаний грунта при землетрясениях и их использование для оценки сейсмической опасности// Доклады АН РУз №2, 2018, с. 34-38.

6. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Кучкаров К.И., Мирзаев М.А. Количественные характеристики сейсмической опасности территории Узбекистана в максимальных значениях скоростей колебаний грунта и их спектральных амплитудах// Вестник НУУз 2018, 3/1, с. 325- 330.

7. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. О новой карте областей ожидаемой сейсмической активизации на территории Узбекистана по комплексу прогностических параметров сейсмического режима // Фан, мухофаза, хавфсизлик. Ташкент. №1(1). 2018.С.62-74.

8. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Долгосрочный прогноз сильных землетрясений на территории Узбекистана по комплексу прогностических параметров сейсмического режима// «Современные проблемы механики» №33 (3), 2018, г. Бишкек, С. 146-157.

9. Артиков Т.У., Атабеков И.У., Ибрагимова Т.Л. Моделирование сейсмической активизации земной коры Узбекистана после сильных землетрясений в близлежащих территориях// «Современные проблемы механики» №33 (3), 2018, г. Бишкек, С. 158-171.

10. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Связь периодов сейсмической активизации в сейсмоактивных зонах Узбекистана с возникновением сильнейших землетрясений в Центральной Азии // Геориск, Москва Том XIII, № 1. 2019. С.58–70, https://doi.org/10.25296/1997-8669-2019-13-1-58-70

11. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Новая модель макросейсмического поля землетрясений Центральной Азии// Доклады Академии наук Республики Узбекистан. Ташкент №2. 2019 г. С.41-46.

12. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Закономерности изменения макросейсмической интенсивности землетрясений Центральной Азии и их использование при оценке сейсмической опасности// Проблемы сейсмологии. Ташкент. №1. 2019. С.3-17.

13. Атабеков И.У. Математическая модель тектонических течений в литосфере Центральной Азии//Сейсмология муаммолари №1 2019 г. с. 24-33.

14. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. О новой нормативной карте общего сейсмического районирования территории Узбекистана ОСР-2017 // Фан, мухофаза, хавфсизлик. Ташкент. №1 (2). 2019.С.95-98.

15. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Некоторые закономерности проявления сейсмических воздействий при сильных землетрясениях Центрально-Азиатского региона // Геология и минеральные ресурсы. Ташкент. №5. 2019. С.57-64.

16. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Тошпулатов Ф., Саидова М. Особенности площадного распределения интенсивности сейсмических воздействий при сильных землетрясениях Центральной Азии// Вестник НУУз 3/2, 2019, С. 228-235

17. Artikov T.U., Ibragimov R.S., Ibragimova T.L. Mirzaev M.А Complex of general seismic zoning maps OSR-2017 of Uzbekistan// Geodesy and Geodynamics 2020, https://doi.org/10.1016/j.geog.2020.03.004

18. Atabekov I.U. Earth Core's stresses variation in Central Asian earthquakes region// Geodesy and Geodynamics Volume 11, Issue 4, 2020 y., pp 293-299. https://doi.org/10.1016/j.geog.2019.12.005

19. Артиков Т.У., Ибрагимов Р.С., Ибрагимова Т.Л., Мирзаев М.А. Опыт оценки текущей сейсмологической обстановки на территории Узбекистана по комплексу прогностических параметров сейсмического режима// Вестник Университета гражданской защиты МЧС Беларуси Том 4 №3, 2020 г., С. 265-279, https://doi.org/10.33408/2519-237X.2020.4-3.265

Программы и патенты

1. Ибрагимов Р.С., Ибрагимов А.Х., Ли А.В. Программный комплекс «Подсистема INTensity MAP v3.0» DGU 2019 1141 от 12.09.2019 г.

©2018-2020 Barcha huquqlar himoyalangan.