22 April 2025
Yangilik

2025-yil 22-aprel kuni Kadastr agentligi tomonidan “Yer – kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo‘lgan boylikdir” shiori ostida Respublika Aerogeodeziya Markazida Butunjahon Yer kuni munosabati bilan yirik tadbir tashkil etildi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yer resurslariga bo‘lgan e’tiborni oshirish, yosh avlodga bu bebaho boylikni asrash g‘oyasini singdirish, shuningdek, kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida erishilayotgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamda Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi