10 June 2025
Yangilik

“Muhandislik seysmologiyasi va seysmik xavfni baholashning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

Joriy yilning 10–11-iyun kunlari Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida “Muhandislik seysmologiyasi va seysmik xavfni baholashning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugun 10-iyun kuni anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishmoqda. Jumladan, O‘zR FA vitse-prezidenti S.Z. Mirzayev, Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori K.S.Sultanov, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.Tulaganov, Seysmoloogiya instituti bosh ilmiy xodimi, akademik K.N.Abdullabekov kirish so‘zlari bilan anjuman qatnashchilariga murojaat qildilar. Anjumanda ma’ruzachilar quyidagi: Мuxandislik seysmologiyasining dolzarb muammolari; Сейсмическая опасность территории Центрального и Южного Узбекистана; Актуальность детального картирования активных («живых») разломов (1:200000)–как сейсмогеологической основы оценки сейсмоопасности территорий; Использование сейсмоизолирующих устройств в зданиях с наличием подземных пространств в г. Ташкенте; Asosi cho‘kuvchan gruntlardan iborat bino poydevorining seysmik kuchlar ta’sirida gorizontal va og‘ma tebranishlari va boshqa shu kabi mavzularida ma’ruzalar qildilar.