01 May 2026
Yangilik

Buyuk Britaniyaning nufuzli professori Anastasios Sextos Seysmologiya institutiga tashrif buyurdi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

2026-yil 1-may kuni Seysmologiya institutiga Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti Fuqaro, aerokosmik va loyiha loyihalash maktabi (CADE), UKCRIC Tuproq va strukturaning o‘zaro ta’siri milliy markazi (SoFSI) direktori, zilzila muhandisligi professori hamda Seysmobardoshlik va geotexnik qurilish laboratoriyasi mudiri Anastasios Sextos tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon seysmobardosh qurilish va zilzila muhandisligi sohasidagi zamonaviy ilmiy yutuqlar hamda innovatsion yechimlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u Seysmologiya institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va erishilgan so‘nggi natijalar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.