22 May 2026
Yangilik

Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

2026-yil 22-may kuni soat 10:00 da Seysmologiya instituti majlislar zalida Seysmologiya instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.GM/FM.12.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda “H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti” davlat muassasasi tadqiqotchisi Amirov Elmurad Mansuriddin o‘g‘li tomonidan 04.00.03 – «Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya» ixtisosligi bo‘yicha geologiya-mineralogiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Auminza-Beltov va Sharqiy Bukantov tog‘lari magmatik hosilalari, ularning asl-nodir metalli ma’dandorligi (Markaziy Qizilqum)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Dissertatsiya natijalari ilmiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholanib, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.