25 May 2026
Yangilik

PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

2026-yil 25-may kuni soat 09:00 da O‘zR FA G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.GM/FM.12.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida 04.00.06 – «Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari» ixtisosligi bo‘yicha geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan Abdullayev Nodirxon Qodirxon o‘g‘lining “Geofizik ma’lumotlar asosida Dengizko‘l ko‘tarilmasi yura davri terrigen yotqiziqlari filtratsion-sig‘imli xossalarining tarqalish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Seminar davomida tadqiqotning ilmiy natijalari, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda dissertatsiya ishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.