01 June 2026
Yangilik

Rossiya Fanlar akademiyasi professori Seysmologiya institutiga tashrif buyurdi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga Rossiya Fanlar akademiyasi Yer fizikasi instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Yuriy Leonidovich Rebetskiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida G‘arbiy va Markaziy Tyan-Shan yoriqlarining xavfli hududlarini Kulon kuchlanishlari asosida hududlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mazkur yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar natijalari va ularning amaliy ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida e’lon qilingan tanlovga taqdim etilgan qo‘shma loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan batafsil fikr almashildi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejalarini muhokama qildilar.