20 June 2026
Yangilik

Kuchli zilzilalarda epitsentral zonalarda bino-inshootlarning shikastlanishini baholash bo‘yicha Italiyalik mutaxassislar bilan muhokama qilish

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

?O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori V.A.Ismailov va “Seysmik risk” laboratoriyasi hodimlari Sh.Yodgorov, B.Aktamov, Sh.Avazov va D.Jumayev hamda “Muhandislik laboratoriyasi” E.Yodgorov Italiyaning L'Aquila universiteti taklifiga binoan Italiya respublikasida 2026-yil 10-18-iyun kunlari xizmat safarida bo‘ldilar. ✏️Mazkur safarda Milan, Pavia, L'Aquila va Rim shaharlari bo‘lib unda Politecnico di Milano - loyiha natijalarini muhokama qilindi, akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda seysmologiya, seysmik xavflilikni baholash, seysmik riskni baholash, tabiiy xavflar riskini o‘rganish, qisqa va uzoq muddatli akademik kurslar hamda trening dasturlari bo‘yicha istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqildi. O‘zaro anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatlari muhokama qilindi. Delegatsiya loyiha natijalari yuzasidan ilmiy-amaliy fikr va tavsiyalar olishga intildi. RED Risk Engineering and Design - Toshkent shahri bo‘yicha seysmik riskni baholash natijalarini taqdim etildi, GEM Foundation - Toshkent shahri bo‘yicha makroseysmik tadqiqotlar va seysmik riskni baholash natijalarini taqdim etish. O‘zaro hamkorlikni, qo‘shma loyihalarni tayyorlashni va memorandumini imzolash imkoniyatini muhokama qilindi, University of L'Aquila - Toshkent shahri bo‘yicha makroseysmik tadqiqotlar va seysmik riskni baholash natijalarini taqdim etildi. O‘zaro hamkorlikni, qo‘shma loyihalarni tayyorlashni va O‘zaro anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatini muhokama qilindi. 2009-yilgi L'Aquila zilzilasi oqibatlari, talafot ko‘rgan va qayta tiklangan hududlar hamda shaharning tarixiy va me’moriy obektlari bilan tanishildi. Tashrif davomida Geofizika va vulqonologiya milliy instituti prezidenti Fabio Florindo va Seysmologiya instituti direktori Ismailov Vaxitxan Alixanovich o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar. Shu maqsadda kelishuvni rasmiylashtirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan deklaratsiyasi imzolandi. Tashabbus Italiya va O‘zbekiston o‘rtasida seysmologiya, seysmik xavf va tabiiy xavflarni yumshatish bo‘yicha ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan ilmiy aloqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.