02 July 2026
Yangilik

Xitoy Xalq Respublikasining Yunnan shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi mamlakatlari uchun yirik zilzilalarni ilmiy tekshirish usullari va texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kursi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari 2026-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Yunnan shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi mamlakatlari uchun yirik zilzilalarni ilmiy tekshirish usullari va texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kursida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Mazkur o‘quv kursi Xitoy Zilzila Boshqarmasi (CEA) Zilzilalarni Prognoz qilish Instituti (IEF), Yunnan Zilzila Agentligi (YEA) hamda Xitoy Savdo vazirligi homiyligida tashkil etildi. Dastur davomida zamonaviy seysmologik tadqiqot usullari, zilzilalarni monitoring qilish va prognozlash texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirildi.