21 July 2026
Yangilik

Seysmologiya instituti Xitoyning Zilzila administratsiyasi Geofizika instituti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

2026-yil 21-iyul kuni Seysmologiya instituti Xitoyning Zilzila administratsiyasi Geofizika instituti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida ZOOM-orqali uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Seysmologiya instituti direktori V.A.Ismailov va Xitoyning Geofizika instituti direktori LI Li institutlarda bajarilayotgan tadqiqotlar muhokamasidan so‘ng, ilmiy tashkilotlar o‘xshash tadqiqotlar olib borilishini hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jihatlar juda ko‘pligini ta'kidladilar, yakunda hamkorlik memorandumini imzolashni va kelajakda qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy kadrlar almashinuvi hamda qo‘shma maqolalar chiqarishni taklif etildi. Uchrashuv yakunida memorandum imzolandi.