21 October 2026
Yangilik

TOSHKENTDA «TABIIY OFATLAR RISKLARINI BAHOLASH VA IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISH UCHUN TIZIMLI TAHLIL» MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

2026 yil 21–23 oktyabr' kunlari Toshkent shahrida «Tabiiy ofatlar risklarini baholash va iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun tizimli tahlil» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya Rossiya Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xalqaro amaliy tizimlar tahlili instituti (IIASA) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) hamkorligida tashkil etilgan. Tadbirda tabiiy ofatlar xavfini baholash, iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini o‘rganish, seysmik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik tizimlarni barqarorlashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda. Konferensiya dasturidan quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan ma'ruzalar o‘rin olgan: Tabiiy xavfli jarayonlarni baholashda tizimli tahlil usullari; Toshkent shahri misolida ssenariyli zilzilalar oqibatlarini modellashtirish; O‘zbekiston hududining seysmik xavfini tizimli tahlil usullari asosida baholash; Orol dengizi ekotizimini tiklash va iqlim o‘zgarishiga moslashish; Masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari (GAT) va sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash; Qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishi va suv resurslarini boshqarish masalalari. Konferensiya mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar hamda mutaxassislar o‘rtasida ilmiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va tabiiy xavflarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Manzil: Toshkent shahri, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 70-uy, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.