07 December 2022
Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida.

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida mening madhiyam chorlovida ishtirok etishdi. 2022-yil "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili " Davlat dasturiga amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi, shundan so‘ng Konstitutsiya qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlab videorolik namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori, geografiya fanlari doktori V.Rafiqov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha seysmologiya sohasi xodimlarini bayram bilan qutladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Usmanova so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” ONA TILIM. Men shoir emasman, ammo shu damda
Ona tilim, seni kuylagim keldi.
Qo‘lim asta ko‘ngil chamanda
Guldek sara so‘zlarim terdi.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla aytib qo‘ygandi onam.
Quloqqamas, dilga joylashib,
Bugun menga tanitding olam.
Bobomeros ona tilimsan,
Yashash uchun ming bor kurashgan.
Navoiydek buyuk nasllar
Sening uchun iqbol talashgan.
Senda bitgan buyuk “Hamsa”si
Ko‘ring xalqlar ardog‘idadir,
Qalbimda el,erk... tushunchasi
Sendan olgan sabog‘imdadir.
Ilm ahlin yo‘llab g‘oyaga
Ruhlantirar nur chiroyliging.
Shundan Olim Usmon ommaga
Jamlab berdi sening boyliging.
Bugun olam seni ko‘rmoqda
BMTning minbarlarida.
Qalbimizda g‘urur qo‘nmoqda
Butun xalqlar olqishlarida.
Bundan baland qilaver parvoz,
Senga payvand bu jonu dilim.
Renessanslar olsinlar ovoz
So‘zlaringdan, ey o‘zbek tilim!
Tadbir barcha ishtirokchilar uchun ajoyib va iliq muhitd