30 October 2023
Yangilik

O‘zFA 80 yoshda

2,450 ko‘rish Matbuot xizmati Toshkent

Ilm-fan haqida so‘z ketsa agar,
“Biling, hamma yo‘llar Rimga eltar”,
Degan gapga aylab e’tiroz,
Mushohada qilaylik biroz.
Qomusiy olimlar chiqqan qayerdan?!
Bugungi yuksalish bo‘lmagan birdan...
“Jadidlar - dushman” deb, qirib ilm ahlin,
Daholar avlodin so‘qir deb barin.
Qilich bilan haqni egmoq bo‘ldilar,
Oxir ilm kerakligin bildilar.
Birlashib so‘ng olimlarning miyasi
Yaraldi Fanlar Аkademiyasi!
Shundan beri o‘zbegim avlodlari
Ruhi chorlab donishmand ajdodlarin,
Olam uzra o‘zgacha nur socharlar –
Fanda noyob kashfiyotlar ocharlar...
Sakson yilki izlanishlar cheki yo‘q,
Bunda aytgan fikrlarning mag‘zi to‘q.
Faqat bir gap: dunyoda olim ko‘pdir,v Do‘stginam, sen daholar safin to‘ldir!..
br>
Dildora Usmonova Seysmologiya institutining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha direktor maslahatchisi