Umumxalq bayrami hisoblangan Navro‘z nafasi har bir xonadonda

📅 15 Mar 2025

Umumxalq bayrami hisoblangan Navro‘z nafasi har bir xonadonda, har bir mahallada, har bir tashkilotlarda sezilmoqda. Bahorning o‘zi yasharish, yashnatish fasli hisoblanadi va aynan shu faslda ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining Yoshlar ittifoqi (yosh xodimlari) a’zolari “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostida 2025-yilning 15-mart kuni institut hududida o‘z tashabbuslari bilan ixtiyoriy ravishda hashar tashkil etishdi. Unda institutning 30 ga yaqin yoshlari faol ishtirok etishdi.
Navro‘z nashidasi har birimizning oilamizga bitmas-tuganmas shodlik, baxtu saodat olib kirsin.