“Sport-sog‘liqning garovidir" shiori ostida o‘tkazilgan tadbir
📅 15 Apr 2025
Joriy yilning 12-aprel kuni G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining barcha xodimlari institut rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan uyushtirilgan "Sport-sog‘liqning garovidir" shiori ostida tadbir o‘tkazdilar. Tadbir Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Yangibozor shaharchasida joylashgan “Yangibozor geofizik ilmiy-tadqiqot observatoriyasi” laboratoriyasida ko‘tarinki ruhda qiziqarli, chiroyli tarzda uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Tadbirda Seysmologiya instituti direktori V.A.Ismailov so‘zga chiqib, sport inson salomatligi va ishchanlik qobiliyatini oshirishda muhim o‘ringa ega ekanligi hamda bunday tadbirlar nafaqat sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki jamoa bo‘lib harakat qilish va jipslik muhitini shakllantirishda ham katta ahamiyat kasb etishi haqida gapirib o‘tdi.