“Eng faol yosh olim” tanlovi
📅 24 Apr 2025
Seysmologiya instituti jamoasi T.U.Mamaroziqovni faxrli birinchi o‘rin bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy faoliyatida zafarlar tilaydi.
Hozirgi davrda Respublikamizda yoshlarga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlaridagi iqtidorli va iste’dodli yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining 2025-yil 11-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida “Eng faol yosh olim” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 18-38-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Eng faol yosh olim” tanlovi shular jumlasidandir.
2025-yilning 23-aprelida o‘tkazilgan tanlovda xakamlar xay’ati a’zolari nizomda ko‘rsatilgan baholash mezonlari asosida eng faol yosh olimlarni aniqladilar. Tanlovda G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti “Istrumental-seysmologiya va seysmometriya” laboratoriyasi mudiri geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori T.U.Mamaroziqov qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Seysmologiya instituti jamoasi T.U.Mamaroziqovni faxrli birinchi o‘rin bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy faoliyatida zafarlar tilaydi.