“9 may – Xotira va qadrlash kuni”
📅 08 May 2025
Joriy yilning 8-may kuni G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirdan avval videorolik namoyish qilindi, unda Seysmologiya institutida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan va institutni rivojlanishiga ko‘p xissa qo‘shgan olimlar yod etildi, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbirda institutda uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan faxriylar va ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan yoshi ulug‘ ilmiy xodimlar, institut jamoasi ishtirok etidi.
Seysmologiya instituti direktori V.Ismailov so‘zga chiqib, 1999-yili 9-may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochilganligi va shu kundan buyon “9-may–Xotira va qadrlash kuni” deb nishonlanib kelayotganligi haqida gapirib o‘tdi.
So‘zga chiqqan institut faxriylari bayram keng ma’noga ega bo‘lib, u mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadrlash kuni ekanligi hamda “Xotira va qadrlash kuni” chinakam milliy-umumxalq bayrami ekanligi haqida gapirib o‘tdilar.
Tadbir yakunida faxriylarga institut jamoasi tomonidan sovg‘alar berildi va ularning olib borayotgan ishlariga muvofaqiyat tilab qoldilar