“Seysmologiya” yo‘nalishi bo‘yicha tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida Seysmologiya institutiga tashrifi
📅 16 Jun 2025
Joriy yilning 16-iyun sanasidan 20-iyun sanasiga qadar Turkmaniston Fanlar Akademiyasi seysmologiya va atmosfera fizikasi institutida faoliyat olib borayotgan 5 nafar yosh ilmiy xodimlarning “Seysmologiya” yo‘nalishi bo‘yicha tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida Seysmologiya institutiga tashrifi rejalashtirilgan.
16-iyun kuni Seysmologiya instituti direktori V.A.Ismailov rahbarligida Turkmaniston Fanlar Akademiyasi seysmologiya va atmosfera fizikasi institutida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlari kutib olindi hamda tuzilgan dastur asosida Seysmologiya institutining ilmiy faoliyati va ilmiy xodimlari bilan tanishtiruv olib borildi.
Dastur asosida institut ilmiy xodimlari T.Mamarozikov, N.Oripov, U.Nurmatov, Yu.Sodikov, M.Mirzaev, R.Ibragimov, R.Teshayeva, B.Alimov, A.To‘ychiev, A.Rasulov, F.Sadirovlar tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.