O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Armeniya Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining Geologiya fanlari instituti o‘rtasida imzolangan ilmiy-tadqiqot faoliyatda hamkorlik bo‘yicha Memorandumga asosan seysmologiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha onlayn konferensiya o‘tkazildi
📅 02 Jul 2025
2025 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Armeniya Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining Geologiya fanlari instituti o‘rtasida imzolangan ilmiy-tadqiqot faoliyatda hamkorlik bo‘yicha Memorandumga asosan seysmologiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha onlayn konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada quyidagi ma’ruzalar qilindi: <br>
1. Armeniya Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining Geologiya fanlari instituti, uning tuzilmasi va ilmiy-tadqiqotlari yo‘nalishlari. Meliksetyan Xachatur Borisovich. geologiya fanlari doktori, institut direktori;<br>
2. Zilzilalarni geokimyoviy usulda prognoz qilishda Armanistonda erishilgan yutuqlar va rivojlanish istiqbollari. Kazaryan Armen Eduardovich, geologiya fanlari doktori, Zilzilalarni geokimyoviy prognoz qilish laboratoriyasi mudiri;<br>
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining ilmiy faoliyati. Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, institut direktori;<br>
4. O‘zbekistonda gidrogeoseysmologik tadqiqotlar tarixi, hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari. Rasulov Alisher Vaxobjonovich, Seysmoprognostik ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish laboratoriyasi katta ilmiy xodimi.
Konferensiyada gidrogeoseysmologiya sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi va hamkorlikni keyingi bosqichidagi vazifalar kelishib olindi.