O‘zRFA G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida Xitoyning Zilzila administratsiyasining Geologiya instituti hodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
📅 26 Sep 2025
Uchrashuv davomida qo‘shma loyiha istiqbollari hamda institutlar o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Muhokamalar davomida Tyon-Shon hududining faol yer yoriqlarini tadqiq qilish va kuchlangan-deformatsion xolati baholash orqali seysmik xavfini baholash borasida ilmiy tadqiqotlarni olib borishga kelishib olindi..
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan xalqaro-qoʻshma ilmiy loyihalar tanloviga topshirilgan loyiha borasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi, hamda Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston tomonidan birgalikda ushbu mavzuda ilmiy tadqiqot olib borishga umid bildirildi. Shundan so‘ng, Geologiya instituti hodimlariga Seysmologiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan seysmotektonika, seysmik xavfni baholash, zilzila prognozi va sun’iy intelekt borasida olingan muhim ilmiy natijalar to‘g‘risida ma’ruzalar bo‘ldi.
Uchrashuv natijalari ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qo‘shma memorandum imzolandi.