Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida O‘zR FA G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

📅 29 Sep 2025

Joriy yilning 29-sentabr sanasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G’O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qaror va farmonlarini o’z vaqtida bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining tabiiy va texnogen talafotli seysmik xavflardan himoyalash, kuchli zilzilarga ehtimoli tayyorgarlik ko’rish choralarini ishlab chiqish, ularning zararli oqibatlarini kamaytirish va seysmik xavfsizlik bo’yicha seysmik xatar jarayonlarini oʻrganish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni nufuzini va samaradorligini yanada oshirishga oid bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zR FA G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash uchun qo‘shma memorandum imzolandi.