Qirg‘iz Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali ilmiy anjuman

31 Oct 2025
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori V.Ismailov va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Alimuxamedov Qirg‘iz Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali ilmiy anjumanda ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mintaqadagi seysmik jarayonlarni o‘rganish, zilzilalar monitoringi va xavfni baholash borasidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki institut o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kelishib olindi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Qirg‘iziston seysmolog olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi hamda Markaziy Osiyoda zilzila xavfini kamaytirish va seysmik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.