“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ning 19.1-bandiga muvofiq

11 Nov 2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarori 1-ilovasi tasdiqlangan “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ning 19.1-bandiga muvofiq seysmologiya seysmik chidamli qurilish sohasida tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar uchun nufuzli xorijiy oily ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-noyabr sanasidan 30-noyabr sanasi kunlari O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirli, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Farg‘ona davlat texnika universiteti, Namangan “TIQXMMI” MTU, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari va yosh olimlari Turkiyaning Istanbul Texnika Universiteti, Aydin Istanbul Universiteti, Kandilli Observatory (Kandilli ilmiy-tadqiqot markazi), Beylikduzu Disaster Education Center (Beylikduzu favqulodda vaziyatlar markazi)da qisqa muddatli ilmiy stajirovka o'tkazilmoqda.

?Mazkur stajirovkada O'zR FA Seysmologiya instituti Ilmiy kotibi J.Sh. Bozorov, Muhandislik seysmologiyasi va gruntlar dinamikasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi A.R. Rahmatov, Instrumental seysmologiya va seysmometriya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi N.K. Oripov, hamda Seysmik xavf va rayonlashtirish laboratoriyasi yetakchi muhandisi A. Yakubovlar faol ishtirok etmoqda.

?Stajrovka dasturi davomida ishtirokchilar Turkiya Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy ofatlarning sodir bo'lish tahlili, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish hamda binolarning zilzilabardoshligini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqdalar.

?Stajirovka doirasida delegatsiya a’zolari fuqarolik muhandisligi laboratoriyalari, favqulodda vaziyatlar ta’lim markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va seysmik himoya tizimlari bilan jihozlangan yirik inshootlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Istanbul Proje Koordinasyon Birimi, Kartal Dr. Lütfi Kirdar Shahar Kasalxonasi, Gürlek Nakipoğlu Anadolu Litseyi va Yeditepe Universitetida tashkil etilgan uchrashuv va taqdimotlarda ishtirok etishdi.

?Mazkur ilmiy-amaliy stajirovka O'zR FA Seysmologiya instituti olimlariga xalqaro tajribalarni chuqur o'zlashtirish va o'zaro fikrlar almashish, zamonaviy qurilish me’yorlari va seysmik muhandislik yondashuvlarini o‘rganish imkonini bermoqda.