O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ilk bor Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

📅 23 Aug 2022

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ilk bor Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada Fanlar akademiyasi olimlarining 200 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xodimlari tomonidan bajarilgan ilmiy ishlanmalar, yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlar va maqolalar keng jamoatchilikka tanishtirildi. Jumladan ko‘rgazmada yoritib berilgan ayrim manbalardan ma’lumot berib borishni lozim deb topdik :
• Institut xodimlari tomonidan tomonidan Toshkent shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan O‘zbekiston poytaxtining tarixiy-geografik atlasi namoyish etildi. Atlasda qadimgi shahar geografiyasi haqida kamyob ma’lumotlar beruvchi 50 ta rangli kartalar, ko‘plab diagramma, qirqim-karta, grafik, jadvallar keltirilganligi bilan taqsinga loyiqdir.
• BMT rahbariligida o‘tkazilgan "RADIUS" xalqaro loyihasi doirasida yirik shahar hududida zilzila - senariysining seysmik ta‘siri prognozining muhandislik va seysmologik asosi yaratildi. Toshkent shahri misolida mintaqaviy geologik va yer sharoitini hisobga olgan holda 6,1 magnitudali va 20 km chuqurlikdagi senariyli zilzilaning seysmik effekti tarqalishining sxematik xaritasi tuzildi.


• Mamlakat hududida seysmik rayonlashtirish va seysmik riskni baholash uchun makroseysmik asos hisoblangan 1970-2018-yillar davridagi kuchli zilzilalar izoseyst xaritalari katalogi tuzildi. Katalogdagi ayrim xaritalar 1997-yilda Yevrosiyoni va 2002-yilda O‘zbekiston hududini seysmik rayonlashtirishda qo‘llanildi.
• O‘zbekiston hududida AES qurilishi uchun alternativ maydoncha tanlandi.
• Farg‘ona vodiysi, Markaziy Qizilqum va Toshkentoldi mintaqasi hududlarini batafsil seysmik rayonlashtirishning muhandis-seysmogeologik asosi yaratildi.
• seysmik intensivlikka mintaqaviy-geologik, tarkibiy-tektonik va muhandis-geologik omillarning o‘ziga xos xususiyatlari ta‘sirlarini hisobga olgan holda, shahar hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish usullari takomillashtirildi. O‘zbekistonning 27ta yirik shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi va qurilish-montaj ishlari xaritalari ishlab chiqilib, ular O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi tomonidan qurilish uchun me‘yoriy hujjatlar sifatida tasdiqlandi. Aniq natijalarga erishish uchun bir qator (Toshkent, Andijon, Samarqand, Namangan, Farg‘ona va Olmaliq) shaharlarida seysmik mikrorayonlashtirish ishlari ikki marta amalga oshirildi.


• O‘rta Osiyo respublikalari hududida keng tarqalgan mahalliy qurilish materiallaridan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga yetkazilgan zararning makroseysmik tekshiruvi materiallari bo‘yicha seysmik intensivlikni baholash uslubiyoti takomillashtirildi. O‘zbekistonning seysmik faol hududlaridagi muhandis-seysmogeologik sharoitlarga bog'liq ravishda har xil turdagi yakka tartibdagi binolarning qurilishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
• dispers gruntlar seysmik xususiyatlarining gruntning granulometrik tarkibiga, uning quruq holatdagi zichligi, namligi, g‘ovaklilik va yutilish koeffitsientlariga bog‘liqligi aniqlandi. Respublika hududida keng tarqalgan dispers gruntlarning har bir turi uchun seysmik kattalikning o‘sishini baholash maqsadida, gruntning muhandis-geologik xususiyatlari bilan seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi.


• kompleks muhandis-geologik va seysmologik tadqiqotlar asosida, “Chinoz”, “To‘y-Tepa” va “Pskent” sinov maydonlarida lyoss massivlarda seysmik yoriq deformatsiyalarning rivojlanish qonuniyatlari aniqlandi va lyoss qatlamlarda seysmik yorilish jarayonlarini keltirib chiqaradigan seysmik tebranishlarning miqdoriy parametrlari belgilandi.
• yerosti ishlarida chuqurlikdagi grunt massivlarining seysmik tebranishlari o‘zgarishining xususiyatlari aniqlandi. Amplitudaning pasayishi va tebranishlar yuqori chastotali xususiyatlarining chuqurligi bilan past chastotalisi bilan aralashishi aniqlandi. Tadqiqotlar 0 dan 240 m.gacha turli chuqurlikdagi Kovuldi yerosti ishlarida olib borildi.
• texnogen ta‘sirlarga qadar va undan keyingi grunt tebranishlari amplituda va chastotali xususiyatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan grunt sharoitlaridagi texnogen o‘zgarishlarning seysmik tebranishlar parametrlariga ta‘siri o‘rganildi va miqdoriy jihatdan aniqlandi. Har xil turdagi to‘kiluvchan gruntlarni