Seysmologiya institutiga V.I. Vernad nomidagi Krim federal universiteti birinchi prorektori Yurchenko Sergey Vasil'evich boshligidagi olimlar guruhi tashrif buyurdi

25 Nov 2025
2025-yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga V.I. Vernad nomidagi Krim federal universiteti birinchi prorektori Yurchenko Sergey Vasil'evich boshligidagi olimlar guruhi tashrif buyurdi. Tashrif davomida, Krim federal universiteti va Seysmologiya instituti o‘rtasida ilmiy aloqalarni o‘rnatish, seysmologiya sohasida tashkil etiladigan konferensiya va seminarlarda olimlarni ishtirokini ta’minlashga kelishib olindi.