Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 maydagi PQ-158 -sonli qarorning 1 ilova 13 bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-sonli qarorining 1-ilovasi 8 bandi topshiriqlarini bajarish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi va Seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan maqsadli amaliy loyiha ALM-202311142839 “Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modelini yaratis” mavzusidagi loyihaning yakuniy taqdimoti o'tkazildi.