Seysmologiya instituti Instrumental seysmologiya va seysmometriya laboratoriyasi xodimlari tomonidan 60 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi

14 Feb 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi PQ-390-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni ijro etish maqsadida hamda oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash doirasida 2026 yil 12–30 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti Instrumental seysmologiya va seysmometriya laboratoriyasi xodimlari tomonidan 60 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur kurslar O‘zbekiston Milliy tadqiqot universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Mexanika va kompyuterli modellashtirish» kafedrasi o‘qituvchilari uchun seysmik uskunalarni o‘rnatish hamda ma’lumotlarni tahlil qilish yo‘nalishida o‘tkazildi.

Kurslar “GÜRALP FORTIMUS akselerometrlari asosida seysmik o‘lchovlarni amalga oshirish, dasturiy ta’minotni o‘zlashtirish hamda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash” yo‘nalishida olib borildi.

Kurs yakunida Toshmatov Elyor Sobirovich hamda Yarashov Javlonbek Adamboevichga sertifikatlar topshirildi.

Sertifikatlar Seysmologiya instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Alimuhamedov Ilhom Mizratovich tomonidan topshirildi.