Ayollarga e’tibor va ehtirom

06 Mar 2026
2026-yil 6-mart kuni O‘zR FA G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir institut direktori boshchiligida tashkil etilib, institut jamoasida faoliyat yuritayotgan ayollarni tabriklash va ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish ruhida o‘tdi. Tadbir davomida institut rahbariyati tomonidan barcha ayol xodimalarga samimiy tabrik so‘zlari yo‘llanib, ularning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, fidokorona mehnati va jamoa hayotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Institut jamoasining erkaklari nomidan ayollarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir iliq, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda ayollarga bo‘lgan e’tibor va ehtirom yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Bunday uchrashuvlar jamoada o‘zaro hurmat, hamjihatlik va mehr-muhabbat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.