2026-yil 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hududida xodimlar ishtirokida umumxalq xashari tashkil etildi.
Mazkur xashar davomida institut hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xodimlar tomonidan yashil hududlarni yanada kengaytirish maqsadida daraxt va gulzorlar parvarish qilindi, hududda to‘plangan xazonlar hamda qurigan shox-shabbalar tozalandi. Shuningdek, mavjud daraxt va butalarga ishlov berilib, atrof-muhitni yanada chiroyli va tartibli holatga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xashar jarayonida institut hududi yanada obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirilib, toza va ekologik jihatdan sog‘lom muhit yaratishga hissa qo‘shildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, tabiatni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.