Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA) Ural filiali delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Muzokaralar davomida tomonlar quyidagi strategik muhim yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar:
✔️ Seysmik xavfni baholash;
✔️ Suv omborlari va gidroenergetik inshootlarning seysmik kuzatuv tizimining ekspress metodi;
✔️ Seysmotektonik tadqiqotlar;
✔️ Seysmik riskni baholash$
✔️ Yosh olimlar uchun stajirovkalar tashkil etish va qoʼshma «Double Degree» (ikki tomonlama diplom) dasturlarini rivojlantirish.
Tashrif doirasida mehmonlar institutda ohirgi yillarda erishilgan muhim ilmiy natijalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv yakunida kelgusi yil uchun moʼljallangan "Yoʼl xaritasi"ni ishlab chiqish va xalqaro grant tanlovlarida birgalikda ishtirok etish boʼyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.