2026-yil 13-aprel kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizik markazi olimlari tashrifi doirasida yer magnit maydonining asriy o‘zgarishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro loyiha muhokama qilindi.

13 Apr 2026
2026-yil 13 aprel kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizik markazi hodimlaridan iborat olimlar guruhi tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida geofizik tadqiqotlar yordamida yer qobig‘ining kuchlangan holati baholashga qaratilgan tadqiqotlar jumladan yer magnit maydonini statsionar va suniy yo‘ldosh orqali kuzatish orqali yer magnit maydonini asriy o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro loyiha muhokamasi bo‘lib, ushbu tadqiqotlar yordamida yer qobig‘i magnit maydon o‘zgarishining anomal qiymatlarini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalarini nufuzli, yuqori indeksli ilmiy jurnalada qo‘shma maqolalar chop etish, yosh tadqiqotchilar uchun stajirovkalar tashkil etishga kelishib olindi.