O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori, geografiya fanlari doktori Vahob Asomovich Rafikov 2023-yil 8-fevral kuni institut yosh ilmiy xodimlari uchun “Tabiiy jarayonlar” mavzusida mahorat darsini o‘tdi.

📅 08 Feb 2023

Mahorat darsida notiq o‘z nutqida, Yer haqidagi fanlar ularning istiqboli va muammolari, shuningdek iqlim o‘zgarishi va sayyoramiz tabiiy resurslarini vahshiylarcha tasarruf etish oqibatida yerdagi tirik mavjudotlarning ommaviy yo‘q bo‘lib ketishi xavfi to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdi.
Tabiiy jarayon (ofat)lar - bu halokatli hodisa, ulkan kuch tufayli sodir bo‘lgan hududiga muhim zarar, ofat. Tabiiy jarayonlarga: zilzilalar, ssunami, yer sathini ko‘chishi, qurg‘oqchilik, suv toshqini, tornado, bo‘ronlar va h.k kiradi… .


Zilzila – barcha tabiiy ofatlar ichida eng dahshatlisi hisoblanadi. U koʻplab vayronagarchiliklar va koʻplab qurbonlar sababchisidir. Kuchli zilzila sababli jabrlanganlarga hatto oʻz vaqtida yordam koʻrsatish ham qiyin boʻlib qoladi. Bir necha soniya ichida yuz beruvchi ofat tufayli odamlar hatto qulayotgan bino, yorilayotgan toʻgʻon, togʻ koʻchkilari singari xavf-xatarlardan qochib ulgurishmaydi. Shuning uchun ham insoniyat azaldan bu tabiiy ofatning negizini bilishga, bunday xavf qachon boshlanishini oldindan aniqlashga qiziqib kelgan. ….

Seysmotektonik tadqiqotlar zilzila ma’lumotlarini ma’lum bir mintaqaning tektonikasi, geofizikasi va geologiyasidan mavjud bo‘lgan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirishga harakat qiladi. Seysmotektonikada qoʻllaniladigan seysmologik maʼlumotlar zilzila oʻchogʻlarining geografik taqsimotini ularning kattaligi, chuqurligi va fokus mexanizmini oʻz ichiga oladi. Seysmotektonik tadqiqotlar deb ataladigan zilzilalarning tektonik talqinlari yer qobig‘ida faol bo‘lgan umumiy jarayonlar uchun qabul qilingan nazariyalarga bog‘liqdir….

“Mahorat darsi” qiziqarli, muloqotga boy tarzda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etildi.
Darsda “Aqliy hujum”,“Tezkor savol-javoblar” va “Loyihalash” interfaol metodlaridan, shuningdek slaytlardan unumli foydalanildi. Ayniqsa, “Tezkor savol-javoblar” tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Dars yakunida tinglovchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar.