2023-yil 8-fevral kuni buyuk mutafakkir va sheʼriyat sultoni Mir Alisher Navoiyning 582 yilligi, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi hamda “11-fevral – ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Shayxontoxur tuman hokimligi Xotin-qizlar qo‘mitasi, S

📅 08 Feb 2023

Tadbir chog‘ida buyuk mutafakkir va sheʼriyat sultoni Navoiy hamda benazir shoir va sarkarda Bobur hayoti va ijodi haqida atroflicha fikr yuritilar ekan, ularning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin egallashi taʼkidlandi.

Shuningdek, asosiy qismdan o‘rin olgan “2015-yil dekabr oyida qabul qilingan rezolyusiyaga ko‘ra 11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir” barcha ishtirokchilar uchun ajoyib va iliq muhitda hamda taassurotlarga boy o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi masʼul xodimlari F.Karimova, D.Turayeva, G.Sharapova, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi masʼul xodimi M.Eshbadalova, Shayxontoxur tuman hokimligi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Toxirova, Shayxontoxur tuman “Labzak” MFY raisi Q. Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Nuriddin Aminjon, O‘zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori V.Rafiqovlar so‘zga chiqishdi.


Notiqlar o‘z so‘zlarida quyidagilarni ta’kidlab o‘tishdi. Jumladan, mamlakatimizda xotin-qizlarni ilm-fanga jalb etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Bu haqda so‘z borganda, avvalambor, hayotning barcha jabhalarida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganligi, shuningdek, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi bildirildi. So‘nggi besh yilning o‘zida xotin-qizlarning huquqiy mavqeini yuksaltirish, oila institutini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda amalda izchil tatbiq etilmoqda deb ta’kidlab otishdi

Tadbir doirasida Seysmologiya institutining fidoyi va mehnatkash olima ayollari Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi masʼul xodimi M.Eshbadalova, Shayxontoxur tuman hokimligi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Toxirova tomonidan taqdirlandilar. Aslida ayol olimalarimizning oila va ilmni birga olib borib, yutuqlarga erishishi jasoratdir! Barcha olimalarimizga e’tirof muborak bo’lsin!