Xalqaro hamkorlik uchrashuvi.

📅 22 Feb 2023

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Lourens Livermor milliy laboratoriyasi, AQSH Energetika vazirligi tomonidan rejalashtirilgan dastur asosida Seysmik hamkorlik dasturi rahbari o‘rinbosari Anna Agiyar Moya xonim va zilzilalar paytida tuproqning tebranishiga, shuningdek seysmik xavfni, tarkibiy zaifliklarni va moliyaviy yo'qotishlarni baholashga ixtisoslashgan seysmik xavf va xavf bo'yicha maslahatchi Tuna Onur bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda delegasiya a’zolariga AQSH elchixonasining mahalliy xodimi Elizabeth Gesson hamrohlik qildi.
Tashrifdan maqsad - seysmik xavf, mahalliy va xalqaro ahamiyatga molik xavflarni baholash, shuningdek O‘zbekistonning tarixiy seysmik ma’lumotlari bilan tanishshdir.


2023-yil 22-fevral O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida o‘tkazilgan tadbirda Regional seysmiklik va seysmik rayonlashtirish laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi, fizika-matematika fanlari doktori R. Ibragimov, Seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri U. Nurmatovlar taqdimot qilishdi.

Uchrashuv so‘ngida Seysmik hamkorlik dasturi rahbari o‘rinbosari Anna Agiyar Moya xonim ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, seysmologiya sohasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.
Davra suhbati do‘stona savol-javoblarga boy ruhda o‘tdi.