Ayol borki, olam munavvar!

📅 06 Mar 2023

1-Mart - O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni hamda “8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi “Yozuvchilar uyushmasi”, Shayxontoxur tuman hokimligi maʼnaviy va maʼrifiy ishlari bo‘limi, Shayxontoxur tuman “Labzak” MFY, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqida fikr yuritilar ekan, uning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin egallashi taʼkidlandi.

Tadbirda Zulfiyaxonim nabirasi Lolaxon Omonbekovna Muxitdinova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Nuriddin Aminjon, Shayxontoxur tuman hokimligi maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i N.Alibayeva, Shayxontoxur tuman “Labzak” MFY xotin-qizlar kengashi raisi M.Norqulova, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori V.Rafiqov, Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasi mudiri Sh.Yusupov, ilmiy xodimlar F.Kuziyev, S.Maksudovlar so‘zga chiqishdi. Ular o‘z nutqlarida Zulfiyaxonim haqida to‘xtalib, shoira haqiqiy muhabbat va sadoqat kuychisi ekanligi, chinakam maʼnoda millat onasi ekanligini eʼtirof etdilar.

“Labzak” MFY qarashli 527- maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘z chiqishlari bilan tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.
Inson qadrini ulug‘lash, avvalo ayolga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, mo‘ʼtabar onalarni eʼzozlash, opa-singillarni qadrlash orqali ro‘yobga chiqishi, shubhasizdir.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev o‘z nutqlarida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi!” deb taʼkidlaganlaridek, bugungi kun ayoli mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligi bilan ajralib turadi, shu o‘rinda seysmologiya fani sohasida faolichyat yuritayotgan ayollar fikrimizning to‘liq isbotidir.
Ayol borki, olam munavvar!
Tadbir barcha ishtirokchilar uchun ajoyib va iliq muhitda hamda taassurotlarga, qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tdi. <br>Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xodimi D.Usmonova