“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!”
📅 15 Mar 2023
2023-yil 15-mart kuni Fanlar akademiyasi G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida O‘zbekiston xalqini yangilanish ayyomi - Navro‘zi olam munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Navro‘z ila kirib kelgan bayramona kayfiyat yil davomida hamroh bo‘lishini tilab, navro‘z ayyomini tarannum etuvchi sheʼrlar o‘qildi, kuylar jarang sochdi, mushoira qizg‘in bo‘ldi.
Tadbirda Seysmologiya instituti xodimi D. Usmonova qalamiga mansub, yangi asar “Assalom Navro‘z!” sheʼri o‘qib eshitirildi.
Tadbir so‘ngida Institut direktori V. Rafikov so‘zga chiqib, Navro‘z umumxalq bayramini mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaldagi ifodasi sifatida, ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni bir oy davomida davom ettirib, 18-mart kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida umumxalq hasharini tashkil etish, shuningdek, joriy yilning 31-mart kuni yer qaʼrini o‘rganish, seysmik vaziyatni prognoz qilish bo‘yicha hormay-tolmay mehnat qilayotgan Yer fani ilmiy xodimlarining (aprel oyining birinchi yakshanbasi) kirib kelayotgan kasb bayramlari kuni munosabati bilan uyushtiriladigan tantanali tadbirga barchani chorlab qoldi.
Institut yoshlari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, badiiy dasturlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir doirasida o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi namoyish etildi.