2023-yil 23-mart kuni Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi: Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da qayd etilgan 6 magnutudali zilzila ham O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan, uning kuchi 4-5 ballni tashkil etdi, shuningdek 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:53 da qayd etilgan Tojikistonda yuz bergan 4,9 magnitudali zilzila sezilish kuchi Sirdaryo viloyatida 2-3 ballni, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida 2 ballga teng bo‘ldi.
📅 23 Mar 2023
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, 2023-yil 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Oʻzbekiston boʻyicha seysmik faollik ekstremal darajaga koʻtarilishi yuzasidan institut olimlarining jarayonlarni oʻrganishlari, ilmiy baholashlariga bagʻishlangan Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda davra suhbati boʼlib oʼtmoqda.
Davra suhbatida Ommaviy axborot vositalaridan “Yangi O‘zbekiston”, “Narodnoye slovo”-gazetalari, O‘zReport-telekanallari, Xabar.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz-saytlari muxbirlari ishtirok etishmoqda.
Davra suhbati jarayonida so‘zga chiqqan: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi K.Abdullabekov, institut Seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri U. Nurmatovlar muxbirlarga ularni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda.