O‘zbekistonda zilzila: binolar bardoshlimi, yana yer silkinishi kutilyaptimi?

📅 24 Mar 2023

Tojikistonda 23-mart kuni sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zFA Seysmologiya instituti olimlari jurnalistlar bilan muloqot o‘tkazib, zilzila yuzasidan bir qator savollarga javob qaytardi. Muloqotda “Daryo” muxbiri ham ishtirok etdi.

Daryo.uz

“Bir zonadagi zilzila boshqasiga taʼsir qiladi”

Muloqotda fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Nurmatov Markaziy Osiyo – yagona geodinamik hudud ekanini aytdi. Olimning taʼkidlashicha, mintaqadaning bir qismida bo‘layotgan geodinamik jarayon ikkinchi qismiga ham taʼsir ko‘rsatmay qolmaydi.

“Lekin har bir hududning zilzila sodir bo‘lib turadigan alohida, faol zonalari mavjud. Markaziy Osiyodagi eng seymik joy – Pomir va Tyanshan tog‘lari to‘qnashgan hududda. Asosan, 7 magnitudan ortiq zilzilalar aynan o‘sha zonada sodir bo‘ladi. Hattoki, uning sharqiy qismida 8,2 magnitudagi Qashqar zilzilasi sodir bo‘lgan. Markaziy Osiyoda undan keyin bu qadar kuchli zilzila sodir bo‘lmagan. Orada bir necha zonalar mavjud. O‘zbekiston hududida u hududlarga qaraganda kuchsiz zilzila bo‘ladi. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda 6 balldan yuqori zilzilar soni barmoq bilan sanarli darajada oz”, – dedi mutaxassis.

Ulfat Nurmatov Turkiyadagi zilzila sunʼiy uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi qarashlarga ham ilmiy munosabat bildirdi.

“Hozir odamlarning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Bunga o‘xshash fikrlar juda ko‘p. “Kosmosdan besh yarim metrli snaryad tashlangan, u yer ostiga kirib portlagan”, degan gaplar ham aytilmoqda. Shuni bilib olishimiz kerakki, har bitta inson qo‘li bilan qilinadigan sunʼiy fojealar tabiiy zilziladan tubdan farq qiladi. Yaʼni zilzila bilan sunʼiy ravishda uyushtirilgan portlashni ajratib olish mumkin. Bularni bir-biri bilan adashtirish mumkin emas”, – dedi olim.

Magnituda bilan ballning farqi

Ulfat Nurmatovning aytishicha, magnituda bu zilzila o‘chog‘idan ajralib chiqayotgan energiyaning kattaligidir.

“Ball esa zilzilaning taʼsirida yer yuzida namoyon bo‘ladigan oqibatlarni belgilovchi parametr, aynan yer yuzidagi binolarning buzilishi, odamlarning unga bo‘lgan reaksiyalari. O‘shanga qaratib maʼlum bir shkala ishlab chiqarilgan”, – dedi u.