O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
📅 03 Apr 2023
2018-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Ushbu hujjat bilan har yili aprel oyining birinchi yakshanbasi geologlar kuni deb belgilandi.
Bu soha mutahassislari issiqni-issiq demay, qor–yomg‘ir ostida dala-tog‘larga chiqib bajarayotgan fidokorona va mashaqatli mehnatlari taqsinga sazovordir.
“Yer to‘g‘risidagi fanlar” haqida gap ketar ekan Seysmologiya instituti mutaxassislarining ham ulkan xizmatlarini ta’kidlab o‘tish joizdir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi Geologiya fanlari universiteti tomonidan nashr etilgan “O‘zbekiston geologiya ilmiy maktablari” to‘plamida o‘z aksini topganligi taqsinga sazovordir.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni institut direktori Vaxob Asomovich Rafiqov kirish so‘zi bilan ochib berib, barchani “Geologiya sohasi xodimlari kuni” bilan tabrikladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Kaxarbay Nosirbekovich Abdullabekov, Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Vaxitxon Alixanovich Ismailov, katta ilmiy xodim fizika-matematika fanlari nomzodi Mohira Turabovna Usmanovalar Geologiya kuni munosabati bilan tadbir qatnashchilarini tabriklab o‘tishdi.
Fanlar akademiyasi tomonidan geologiya sohasining rivojlanishida o‘zining qo‘shgan katta hissasi uchun bir qator soha xodimlari Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Shayxontoxur tuman 486-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilarining chiqishi tadbirga o‘zgacha ruh va kayfiyat ulashdi.