Ilmiy hamkorlik izlanishlari.
📅 25 Apr 2023
O‘zR FA Seysmologiya institutining Seysmogeodinamika laboratoriyasi ilmiy xodimlari bilan Germaniyalik (DSc. Christoph Grützner) va Polshalik (DSc. Krzysztof Gaidzik) olimlar hamkorlikda 20-28-aprel kunlari Jizzax va Samarqand viloyatlari hududlarida faol (yosh) yer yoriqlarni geologik, geomorfologik ko‘rsatkichlari orqali tadqiq etish, ya’ni yer yoriqlarini joylashgan joylarini, ularni yoshini aniqlash, lyuminessent laboratoriya tahlillari orqali faolligini baholash uchun namunalar olish kabi izlanishlar olib borishmoqda.
Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad seysmik xafni baholashni zamonaviy usullarini O‘zbekiston Respublikasi amaliyotiga ham joriy qilish. Yer yoriqlarini relefda, tog‘ jinslarida, yotqiziqlarda qoldirgan izlari orqali tadqiq qilib, ularni faolligini baholash. Kelajakda Angliyaning Oksford va Germaniyaning Yena universitetlari bilan Seysmologiya sohasida hamkorliklarni kengaytirish hamda hamkorlikda yer yoriqlarini tadqiq etish bo‘yicha xalqaro loyiha bajarish maqsad qilingan.