O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida “Toshkent zilzilasiga - 57 yil” to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan davra suhbati

📅 25 Apr 2023

Davra suhbatini G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari V. Ismailov olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari V.Ismailov so‘zga chiqib, 1966-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lgan zilzila, uning oqibatlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, Toshkent zilzilasi qanday sodir bo‘lgandi? Oqibatlari qanday bo‘lgan? O‘zbekistonda shu kabi zilzilalar avval ham bo‘lganmi? Zilziladan keyin Toshkent shahrini qayta tiklash ishlarida kimlar jonbozlik ko‘rsatgandi? Toshkent zilzilasi uyushtirilganmi? – kabi savollarga Davra suhbati qatnashchilari bilan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan, S. Maksudov, L. Xamidov, U. Nurmatov, R. Ibragimov, T. Ibragimova, N. Rafiqova, A. Tuychiyevlar 1966-yilgi Toshkent zilzilasi vaqtida ko‘rganlarini birma-bir so‘zlab berib, mahalliy aholini vahimaga tushmagani, barcha ta’lim muassalarida o‘qishni davom etgani, o‘sha paytdagi binolarni ahvoli haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tishdi.


Ilmiy qarash bilan ta’riflaganda, zilzila мagnitudasi uncha katta boʻlishiga qaramay (taxminan 5.2), oʻchogʻi yer sathiga yaqin boʻlgani tufayli 7-8 balli silkinishlar roʻy berdi va natijada shahar hududidagi koʻpgina inshootlar jiddiy talafot koʻrdi. Lekin shahar chekkasida zilzila 6 ballgacha pasaygani qayd etildi.
2-3 Hz chastotali yer silkinishlari 10-12 soniya davom etdi. Qurbonlar soni kamligi (8 kishi halok boʻlgan, bir necha yuz kishi jarohatlangan) esa silkinishlarning boʻylama boʻlganligi bilan izohlanadi, boʻylama tebranishlarda binolar katta zarar koʻrmaydi. Ammo hodisadan keyingi yurak va asab hastaliklari tufayli qurbonlar soni koʻpaydi.
Zilziladan soʻng, sovet davlatining yuqori martabali arboblari, jumladan, KPSS raisi Leonid Brejnev qidiruv-qutqaruv ishlarini koʻzdan kechirish maqsadida Toshkentga keldi. Xukumat komissiyasi boshchiligida katta qurilish va rekonstruksiya loyihalari tayyorlandi. Sovet ittifoqining barcha hududlaridan qayta qurish jarayoniga yordam berish uchun koʻp sonli ishchilar yetib kelishdi.


Bu holat shaharning etnik tarkibini oʻzgartirib yuborgan, chunki ish tugagandan soʻng ishchilarning katta qusmi Toshkentda qolgan. Yangi bunyod etilgan Toshkentda Sovet Ittifoqining boshqa shaharlarida uchraydigan meʼmoriy uslublar, jumladan, keng xiyobonlar va katta turar-joy majmualari paydo boʻlgan.
1966-yildagi Toshkent zilzilasi odamlarni jipslashtirdi. Shahar jadal tezlikda qayta qurila boshlandi, qishga kelib 300ming aholi yangi uylarga koʻchib oʻtdi. Uch yilga qolmay zilzilaning barcha oqibatlari bartaraf qilindi. Shahar chetida yangi mavzelar barpo qilindi, shahar markazi esa qayta tiklandi, maktab, maʼmuriy binolar, madaniy dam olish muassasalari qad koʻtardi.
Toshkent kuchli tabiiy ofatni boshidan oʻtkazdi, biroq Sovet Ittifoqi respublikalari yordamida qayta tiklandi. Toshkent shahrining maydoni 1,5 barobar kattalashdi. Shuningdek aholi soni ham ortdi: bugungi kunda shaharda yuzdan ortiq millat vakillari istiqomat qiladilar.


Shahardagi zilzila markazi “Qashqar” (Qoshg‘ar) mahallasi va “Labzak” o‘rnida bo‘lgan. Hududda vertikal zarblar kuchining magnitudasi 5,3 ga teng, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik maydoni 10-12 kvadrat kilometrni tashkil qilgan. Yerning 2-3 gerts chastotada silkinishi 10-12 daqiqa davom etgan. 1966-yili 9-maydan 10-mayga o‘tar kechasi, 24-may va 5-iyunda (6-7 ballga teng) kuchli silkinishlar takrorlangan.
Toshkent zilzilasi O‘rta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot institutlari ochildi.
Zilzila ortidan o‘sha yilning oktabr oyida Sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida Seysmologiya instituti ham tashkil etildi. Institutning asosiy vazifalari sifatida zilzilalarning sababini o‘rganish, ularni sodir bo‘lishini oldindan bilish mumkin bo‘lgan tadqiqotlar olib borish edi. Seysmologiya instituti tuzilgani bir necha marta o‘zini oqladi. Xususan, 1976-y