O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti “Eksperimental seysmologiya “ laboratoriyasi mudiri fizika –matematika fanlari nomzodi Alisher Haydarovich Ibragimov 2023-yil 2-3-may kunlari “O'zbekgidroenergo” AJ xodimlari uchun “Seysmologiya asoslari” mavzusida dars o‘tdi.
📅 03 May 2023
Qadim zamonlarda ham eng oddiy seysmologik kuzatuvlar olib borilgan boʻlib, ular asosan zilzilalar oqibatlarini tavsiflashga toʻgʻri kelgan.
Qadim zamonlardan beri koʻplab sivilizatsiyalarda zilzilalar gʻayritabiiy sabablar bilan izohlangan. Masalan, qadimgi yaponiyaliklar bu baliqlarning belanchaklari ekanligiga ishonishgan, ularning gʻoyalariga koʻra, yapon orollari ular ustida joylashgan. Oʻsha paytda koʻp asrlar davomida ishlatilgan dastlabki tushuntirishni Aristotel bergan boʻlib, u zilzilalar yer tubidagi gʻorlardan chiqish yoʻlini qidirgan. Qadimgi xitoy olimi Chjan Xen eramizning 132-yilda Sian shahrida zilzilani aniqlash uchun qurilma ixtiro qildi….
1966-yilda Z. I. Aranovich, N. A. Vvedenskaya, I. E. Gubin va boshqa mualliflar hamkorligida “SSSR seysmik stansiyalarida seysmik kuzatuvlarning yagona tizimini joriy etish va qayta ishlash boyicha yo‘riqnoma” ( SSSR, O.Y.Shmidt nomli Yer fizikasi instituti) chop etildi. Yo‘riqnoma
B. B. Golitsinning fotoqaydetish qurilmasi bilan bir-biriga o‘xshash galvanometrik tizimlar uchun moʻljallangan edi.
Zilzilalarni shu usulda qayd etish tizimlari bugun tarixga aylanib, faqat muzeylarda qoldi. Bugun butun dunyoda zamonaviy raqamli tizimlardan olingan maʼlumotlarni ommabop aloqa kanallari orqali avtomatik yetkazish yoʻlga qoʻyilgan. Bunday jihozlar oʻta sezgirligi, seysmik oʻzgarishlarni zudlik bilan aniqlab, uzatishi jihatidan ilgarigi turdosh asbob-uskunalardan yuqori turadi. Raqamli uskunalar ishlab chiqaruvchilar aksari hollarda faqatgina qurilmani sozlash va ishlatish yuzasidan yoʻriqnoma berish bilan cheklanadilar.
Seysmik stantsiyalar qayta jihozlanib, raqamli texnologiyalar tizimiga oʻtkazilgach qator seysmologiya tashkilotlari oʻzlari qoʻllayotgan jihozlari va mahalliy sharoit imkoniyatlaridan kelib chiqib, ish yuritish tartibini joriy etdilar. …
Dars koʻtarinki ruhda, barchaga qiziqarli tarzda oʻtdi. Ayniqsa, “Tezkor savol-javoblar” tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Dars yakunida tinglovchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar