O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Vitse prezidenti S. Mirzaev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-l58-son qarori ijrosini samarali taʼminlash maqsadida Fanlar akademiyasi oldida turgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish to‘g‘risida.
📅 02 Jun 2023
Yigʼilishda Fanlar akademiyasi, “O‘zbekkosmos” agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, “O‘zbekgidroenergo” АJ,
M. T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari ishtirok etishdi.
Qaror topshiriqlaridan kelib chiqib, seysmik xavfsizlikni taminlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli sohalardagi bugungi kunning dolzarb muammolari, bu borada olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik natijalari, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida o‘zaro fikr mulohazalar almashildi hamda muhokama qilindi.