O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida AQShning Michigan universiteti delegatsiyasi bilan xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
📅 21 Aug 2023
Joriy yilning 19-20-avgust kunlari AQShning Michigan universiteti delegatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Michigan universiteti professor olimlari K. G. Maskey, D. Burk va boshqalar bilan O‘zbekiston seysmologlarining bugungi kundagi yutuqlari, ilm-fan borasidagi yangiliklar, shuningdek, Eksperimental seysmologiya laboratoriyasi faoliyati bilan tanishtirildi.
Seysmologiya instituti laboratoriyalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan investitsion loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. O‘zaro hamkorlik xususida batafsil muzokaralar o‘tkazdilar.
Michigan universiteti Yer va ekologiya departamenti olimlari bilan yaqin hamkorlik rejalari, xodimlar malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishildi.